08 apr 12:46
Yangiliklar

“Qirol Kubogi”. Madrimov chempion, Abduraimov vice-chempion!
Bundan bir necha daqiqa oldin xalqaro turnirning hal qiluvchi final janglari bo'lib o'tdi. Ushbu bosqichga 7 bokschimizdan 4 nafari - Hasanboy Do'smatov, SHahram G'iyosov, Isroil Madrimov va Elnur Abduraimov etib kelgan edi.
Ulardan Hasanboy Do'smatov va SHahram G'iyosov murabbiylarning qaroriga ko'ra final jangida ringga chiqishmadi. Qolgan ikki vakilimiz esa oltin medal uchun jang o'tkazishdi.
Elnur Abduraimov final bahsida tailandlik mashhur bokschi Vuttichay Masukka qarshi ringga ko'tarildi. Afsuski, hakamlar yakunda nohaq mezbon bokschining g'alabasini taminlashdi.
Yana bir charm qo'lqop ustamiz Isroil Madrimov esa ancha kuchli raqib kubalik Osley Iglesias Estradani mag'lubiyatga uchratishning uddasidan chiqdi.
Fikrlar
Olg'a UZBEKISTAN