So’nggi yangiliklar

21:04WTA рейтинги янгиланди. 22 поғона юқорилаган Раҳимова энди дунёнинг 44-ракеткаси! 0 19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0

18 fev 16:45
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari

Qishki olimpiadada qatnashgan Komiljon To'xtaev O'zbekistonga qaytib keldi + FOTO

Bugun, 18 fevral tungi soat 02.00 da Qishki olimpiya o'yinlarida ishtirok etgan O'zbekiston sport delegaciyasi yagona sportchi Komiljon To'xtaev bilan birgalikda Toshkentga qaytib kelishdi.

To'rt yillikning nufuzli musobaqasida O'zbekiston sharafini himoya qilgan, vatanimiz bayrog'ini oq olimpiada uzra xilpiratgan Komiljon To'xtaev va yurtimiz sport delegaciyasi azolarini Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida vazir o'rinbosari SHaxrullla Mahmudov, Milliy olimpiya qo'mitasi mutaxassislari, murabbiy va sportchilar, keng jamoatchilik vakillari hozir bo'lishdi.

Takidlash lozim, bu galgi 24-qishki olimpiya o'yinlari har jihatdan murakkab sharoitda o'tkazilmoqda. Unda dunyoning ko'pgina davlatlari sportchilari olimpiya yo'llanmalari hamda zarur reyting ochkolariga ega bo'lolmaganligi sababli qatnasha olmadi. Bu esa Pekin-2022 da o'sha mamlakatlarning bayrog'i kutarilmaslikka olib keldi.

Dunyodagi epidemiologik vaziyatning “sovuq shamoli”ga qaramasdan davlatimiz tomonidan qishki olimpiya o'yinlarining saralash va tayyorgarlik bosqichlarida qatnashishi kutilgan sportchilarga etarli shart-sharoit yaratildi. Buning natijasida kutilgan 3-4 ta olimpiya yo'llanmasidan bittasiga erishildi. Tog' chang'ichimiz Komiljon To'xtaev Evropa va Osiyo qitasidagi musobaqalardagi reyting ochkolari natijasida Pekin-2022 yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Garchi hamyurtimiz Pekin-2022da tog' chang'isining gigant slalom  bahslarida sovrinli o'rinni egallamagan bo'lsa-da, u oq olimpiadada 90 nafarga yaqin ishtirokchi orasida 29-o'rindan joy olishi va bu ko'rsatkich uni Osiyo sportchilari orasida birinchiligini taminlaganligi bilan ahamiyatli bo'ldi. 

"Pekin olimpiadasida yuksak natijalarni ko'zlagandim. Bu sport. Unda hamma narsa bo'lishi mumkin. Masalan, men qatnashgan gigant slalom bahslarida 87 nafar sportchi qatnashgan bo'lsa, ularning 30 nafardan oshig'i ilk bellashuvdayoq bahsni tark etdi. Bu safargi olimpiada men uchun ikkinchisi bo'ldi. Asta-sekin mahoratim oshib bormoqda. Bilasiz, olimpiada katta tajribaga ega bo'lganlar bahsi. Bunday deyishimga sabab, ko'pgina yo'nalishlarni kuzatgan bo'lsangiz, qatnashchi va sovrindor bo'lganlarning aksariyati uchun ushbu olimpiada to'rtinchi yoki beshinchisidir. SHunday ekan, ruhiyatimni tushurganim yo'q. Men uchun eng quvonchli voqea - olimpiya o'yinlarining ochilish marosimida Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning bevosita qatnashib, biz maydonda Vatanimiz bayrog'ini olib o'tganimizda qo'llab turganligi hayotimdagi unutilmas onlar bo'ldi. Kelajakda albatta, olimpiya chempioni bo'lishga harakat qilaman", -dedi kutib olish marosimida Komiljon To'xtaev.

Eslatib o'tamiz, Pekin olimpiadasidagi ishtirokini yakunlagan hamyurtimiz Komiljon To'xtaev endi fevral oyining so'nggi kunlarida Livanda o'tadigan qita chempioatida qatanashishi rejalashtirilmoqda.

To'lqin Ro'ziev


Tadbirdan olingan suratlarni tomosha qiling. 


Reyting: +3   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing