So’nggi yangiliklar

12:40Владимир Свечников ўқ отиш бўйича Жаҳон кубогида совриндор бўлди 0 12:07Нурсултон Рўзибоев иштирок этадиган UFC Paris турнирининг марказий жанги эълон қилинди 0 11:37Синхрон сузувчиларимиз Осиё чемпионатини 16 медал билан якунлашди 0 11:05Пауло Коста Магомед Анкалаев — Богдан Гусков жанги ҳақида кескин фикр билдирди 0 10:25Суперлига. Бугун бизни учта учрашув кутиб турибди 0 10:00UFC Абу-Дабида ўтказиладиган навбатдаги турнирни эълон қилди 0 09:24Стив Эрцег илк бор Рамазон Темиров билан жанг ҳақида гапирди 0 08:07Формула-1. Ландо Норрис — Венгрия Гран-приси ғолиби! 0 19:35"Манчестер Юнайтед" "Рома" юлдузи билан келишувга эришди 0 18:50Рамазон Темиров: "Зарбаларим аниқроқ борганида, Стив бундан ҳам оғирроқ нокаут бўлиши мумкин эди" 0 18:02Тим Цзю Эррол Спенсни мағлуб этиб, рақибини фаолиятини якунлашга мажбур қилди 0 17:20"Ўзбекистонда ҳам чемпион бўлади. Буни биринчи бўлиб, ўзим бажараман" — Рамазон Темиров 0 16:03Ўзбекистон U-20 аёллар терма жамоаси – CAFA чемпиони! 0 15:10Рамазон Темировнинг жангдан кейинги фикрлари қандай бўлди? 0 14:01Парижда кураш бўйича Президент соврини учун мусобақа ўтказилди 0

06 apr 11:02
Yangiliklar

Gandbol

Qo'l to'pi. Poytaxt jamoasi birinchi bo'ldi

Andijon olimpiya zaxiralari kollejida “Barkamol avlod sport jamoalari” dasturidan joy olgan qo'l to'pi bo'yicha o'g'il bolalar o'rtasidagi Respublika final bellashuvlari yakuniga etdi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 14 ta jamoa Andijon OZK manejida g'oliblik uchun kuch sinashishdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3031 sonli Qarori bilan tasdiqlangan dasturning 50 va 52 – bandlari ijrosini taminlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi, O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus talim vazirligi, O'rta maxsus, kasb-hunar talim markazi O'zbekiston “Barkamol avlod” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilgan, o'rta maxsus, kasb-hunar talim muassasalarida tahsil olayotgan o'quvchilar o'rtasidagi mazkur qo'l to'pi sport turi bo'yicha IV bosqichli “Barkamol avlod sport jamoalari” musobaqalarining final bellashuvlari chin manoda sport bayramiga aylandi.Jamoalarning g'alabaga bo'lgan ishtiyoqi kuchliligi bois, har bir o'yinlar murosasiz va shiddatli o'tgani bilan ahamiyatli bo'ldi.  Terma jamoalar zaxirasini boyitish maqsadida  mutaxassislar qo'l to'pida yuqori iqtidorga ega sportchi-o'quvchilarni qayd etib borishdi.  

SHunday qilib, oxirgi kunggi natijalarga ko'ra yarim finalda Toshkent shahri - Xorazm, Andijon - Qashqadaryo jamoalari bir-birlariga ro'baru kelishdi. Yarim finalning birinchi uchrashuvida Toshkent shahri jamoasi Xorazm viloyati jamoasini 29:25 hisobida engib, finalga yo'l olgan bo'lsa, mezbonlar qashqadaryoliklarni 17:11 natijasi bilan ortda qoldirib, yakuniy bosqichga chiqishdi. Uchinchi o'rin uchun kechgan bellashuvda esa Xorazm jamoasi Qashqadaryo jamoasidan ikki ochko (28:30) ustunlikga  ega bo'lib, bronza medallarini qo'lga kiritishdi.Toshkent va Andijon jamoalari o'rtasidagi final musobaqasida mezbonlar har qancha urinishmasin, poytaxtliklarga teng kelolmadi. Tablodagi 25:35 hisobidagi ko'rinish toshkentliklarning chempion bo'lishiga etarli bo'ldi.

Musobaqa yakuniga etgach taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. G'olib va sovrindor jamoalar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.

Eslatib o'tamiz, navbatdagi final musobaqasi aprel oyining uchinchi o'n kunligida Buxoro viloyatida bo'lib o'tadi. Unda qizlardan tashkil topgan 14 ta jamoa  voleybol bo'yicha  bahslarga kirishishadi.


Ilhom Rahmonov tayyorladi, o'z muxbirimiz             

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing