So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

22 fev 10:28
Yangiliklar

Boks/MMA

Qonli va nokautli UFC Fight Night 267 turnirining barcha natijalari bitta xabarda

Bugun tongda AQSHning Texas shtati Xyuston shahridagi "Toyota Center" arenada kardidan 13 ta jang o'rin olgan navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tdi.

Xabar berganimizdek, oqshomning asosiy jangi o'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni SHon Striklend hamda Entoni Ernandes o'rtasida o'tkazilib, tajribali SHonning uchinchi raunddagi texnik nokautli g'alabasi bilan yakunlangandi. O'rta vazn reytingida uchinchi o'rinni egallab turgan Striklend to'rtinchi pog'onadagi Entonining sakkizta jangdan iborat g'alabali seriyasiga shu tarzda barham bergandi. 

Umuman olganda, UFC Fight Night 267 turnirining beshta jangi muddatidan avval yakunlandi. Ana shu nokautlarning uchtasi asosiy uchta jangda qayd etildi. Qolgan jang g'oliblari hakamlarning qaroriga ko'ra aniqlandi. 


UFC Fight Night 267 turnirining barcha natijalari:

O'rta vazn: SHon Strikland uchinchi raundda Entoni Ernandesni texnik nokautga uchratdi;

Yarim o'rta vazn: Urosh Medich birinchi raundda Jeff Nilni nokaut qildi;

Yarim engil vazn: Melkizael Kosta birinchi raundda Den Igeni texnik nokaut evaziga engdi;

Og'ir vazn: Sergey Spivak Ante Deliyani hakamlarning yakdil qarori bilan yutdi (30-27, 29-28, 29-28);

Yarim o'rta vazn: Jeykobi Smit Jozayya Xarrellni birinchi raundda nokaut evaziga engdi;

O'rta vazn: Mishel Pereyra Zakari Risni hakamlarning ayri qarori evaziga mag'lubiyatga uchratdi (29-28, 28-29, 29-28);

Yarim o'rta vazn: Karlos Leal CHidi Njokuanini hakamlarning yakdil qarori bilan taslim etdi (30-27, 29-28, 29-28);

O'ta engil vazn: Alibi Idiris Ode Osbornni hakamlar qarori bilan mag'lub etdi (29-28, 30-27, 30-27);

O'ta engil vazn: Olden Koria Luis Guruleni ochkolar bo'yicha yutdi (30-27, 30-27 30-27);

Ayollar engil vazn toifasi: Jozelin Edvards Nora Kornollni ikkinchi raundda bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratdi;

Yarim o'rta vazn: Punaele Soriano Ramiz Braximayndan hakamlarning yakdil qarori bilan ustun keldi (29-28, 29-28, 29-28);

Yarim o'rta vazn: Jan Pol Lebosnoyani Filip Rouni hakamlarning ayri qarori bilan mag'lub etdi (29-28, 28-29, 29-28);

Yarim engil vazn: Jordan Lavitt Yade del Valleni ochkolar bo'yicha engdi (29-28, 29-28, 29-28);

Ayollar eng engil vazn: Karli Judis Juliana Millerdan hakamlar qaroriga ko'ra ustun keldi (29-28, 29-28, 30-27).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing