So’nggi yangiliklar

15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0 14:04Дакарда бугун уч нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсларга қўшилади 0 13:46Самбо бўйича 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 13:15"Манчестер Юнайтед" тарихида илк бор ушбу ҳолатга тушиб қолди 0 12:44Конор Макгрегор: "Холлоуэйни бир оёқда ҳам енгардим" 0 12:11Ковингтон UFC жангчилари ва Zuffa боксчилари ўртасидаги мукофот фарқи учун Дана Уайтни танқид қилди 0 11:40Жаҳонгир Зокиров "Zuffa"даги жанги учун Ар-Риёдга етиб борди 0 11:09Ўзбекистон – Саудия Арабистони учрашуви учун чипталар нархи маълум бўлди 0 10:38"Қўллар қичишяпти". Нурмагомедов жанг ўтказиш истагини билдирди 0 10:07Самбо бўйича юбилей 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун беллашувларидан ёрқин ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:36Ёшлар Олимпиадаси. Боксчимиз кореялик рақибасини техник нокаутга учратди + ФОТО 0 09:05А Серия. Етакчилар баҳсида "Интер"нинг қўли баланд келди + ВИДЕО 0

05 fev 13:30
Yangiliklar

Stol tennisi

Qo'qon shahrida Prezident topshirig'iga ko'ra qurilgan basseyn foydalanishga topshirildi

Teglar :  Basseyn
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017 yil 22-23 iyun kunlari Farg'ona viloyatiga qilgan tashrifi chog'ida Qo'qon shahrida yangi usti yopiq suv inshooti qurish taklifini bildirgan edi.

Kuni kecha Yurtboshimiz tashabbusi bilan boshlangan yana bir savobli ish nihoyasiga etkazildi.
 

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg'armasi tomonidan barpo qilingan hududdagi o'ninchi obektning ochilish marosimida jismoniy tarbiya va sport vaziri D.Nabiev, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, sportchilar, yoshlar, jurnalistlar ishtirok etdi.
 

Ushbu yopiq suv havzasini qurish uchun jamg'arma mablag'lari hisobidan 4.5 milliard so'm ajratildi. Obektda 11x25 metr o'lchamdagi suzish havzasi, murabbiylar, shug'ullanuvchilar uchun yuvinish, kiyinish, dam olish, tibbiyot xonalari, suvning tarkibi, sifati nazorat qilinadigan laboratoriya hamda tomoshabinlar uchun o'rindiqlar mavjud.
 

Qo'qon shahridagi 1-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabi qoshidagi ushbu inshootda bir kunda 120 nafar o'g'il-qiz suzish sporti sirlarini o'rganishi uchun sharoit yaratilgan. Etiborlisi, bolalar va o'smirlar sport maktabiga jamg'arma tomonidan 200 million so'mlik jihozlar ham topshirildi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 2 iyundagi tegishli qarori asosida Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari hisobidan barpo etiladigan sport inshootlari manzilli dasturiga Farg'ona viloyatidagi 10 ta obekt kiritilgandi. Ushbu hujjat asosida Beshariq, Uchko'prik, Rishton, Oltiariq, Farg'ona, Quva, Toshloq tumanlaridagi BO'SMlar maydoni va Marg'ilon shahridagi “Atlaschi” stadioni rekonstrukciya qilindi. SHuningdek, Qo'qon shahridagi 2-BO'SM suzish havzasi kapital tamirlandi.

Malumot o'rnida keltirib o'tish joiz, 2018 yil dasturiga asosan, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg'armasi tomonidan shu paytga qadar yopiq suv havzasi bo'lmagan hududlarda jami 9 ta zamonaviy basseyn qurildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing