05 dek 10:33
Yangiliklar

Qora va oq papaxalar o'rtasidagi chempionlik jangi ham tasdiqlandi + POSTER
O'ta engil vaznda amaldagi UFC chempioni gruziyalik Merab Dvalishvili aynan shu kuni 2025 yilning ilk raqamlangan UFC 311 turnirining co main-event jangida reytingning ikkinchi pog'onasida borayotgan rossiyalik Umar Nurmagomedovga qarshi oktagonga ko'tariladi. Bu chempionlik jangi ham UFC rahbarlaridan tomonidan rasman tasdiqlandi.
Malumot uchun, shu yilning sentyabr oyida Merab Dvalishvili besh raundlik jangda amerikalik SHon O’Mellini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratib, UFC chempioniga aylangan edi. Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Umar Nurmagomedov esa avgust oyida promoushendagi oltinchi g'alabasini tantana qilgandi. O'shanda Umar amerikalik Kori Sendxagendan ustun kelgan edi.
Fikrlar