So’nggi yangiliklar

13:39Конкур бўйича Ўзбекистон чемпионати ўтказилди 0 13:15Тошкентда йирик профессионал бокс оқшоми ўтказилади 0 12:51МЮ 60 миллионга олган футболчисини сотишга тайёр 0 12:30Нурсултон Рўзибоев American Top Team'да шуғулланяпти (ФОТО) 0 12:09Винсент Кеймер чемпион бўлган Grenke Freestyle Chess Open турнирида ҳамюртларимиз қандай натижалар қайд этишди? 0 11:42Осиё чемпионати: Кундузги дастурда икки боксчимиз финал чиптасини ҳал қилди, Нигина Ўктамова мусобақани бронза медали билан якунлайдиган бўлди 0 11:13Пролига. Бугун 1-тур якунланади 0 10:52UFC Қозоғистонга шу йилнинг ўзидаёқ кирмоқчи 0 10:31Осиё чемпионати: Ботиров ва Цицуашвили олтин учун гиламга чиқади, яна уч курашчимизда бронза медали учун имкон бор 0 10:10Азизбек Темиров жанг қиладиган RIZIN турнирининг тўлиқ карди эълон қилинди 0 09:49Sofascore. "Башакшеҳир" дуранг ўйнади. Шомуродов неча баҳо олди? 0 09:28Эркебулан Токтар жангни сотгани ҳақидаги гап-cўзларга жавоб қайтарди 0 09:00Полина Кудерметова Мадридда муваффақиятли старт олди 0 08:32Осиё чемпионати. Бугун 6 нафар ўзбекистонлик боксчи ярим финалда рингга кўтарилади 0 08:07Суперлига. Бугун 6-турга старт берилади 0

03 sen 16:10
Yangiliklar

Kurash

Qorako'lda zamonaviy kurash markazi ish boshladi

Buxoro viloyatining Qorako'l tumani azaldan o'zining nomdor polvonlari bilan dong taratgan.

Yurtimiz va jahon maydonlarida o'tkazilayotgan nufuzli xalqaro musobaqalarda qorako'llik polvonlarning yuksak cho'qqilarni zabt etayotgani ham bunga yorqin misol bo'ladi. Qorako'l kurash maktabi erishgan muvaffaqiyatlarda Qoraun qishlog'idan etishib chiqqan polvonlarning munosib hissasi bor.

Ushbu qishloqni bejiz “polvonlar qishlog'i” deb atashmaydi. Qoraundan etishib chiqqan polvonlar sharafiga endilikda mahalla nomi ham rasman “Polvonlar mahallasi” nomi bilan yuritilmoqda.

Mamlakatimizda O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi keng nishonlanayotgan shu kunlarda mazkur mahallada yoshlarimizga o'zbek kurashi sir-asrorlarini o'rgatadigan “Kurash markazi” foydalanishga topshirildi.

Markazda yoshlar uchun kurashdan tashqari sportning tennis, stol tennisi, shaxmat-shashka, voleybol, mini futbol turlari bilan ham bemalol shug'ullanishi uchun imkoniyatlar yaratilgan.

SHuningdek markazda Kurash tarixi muzeyi, 50 o'rinli yotoqxona, oshxona, zamon talablari asosida jihozlangan o'quv xonalari, trenajyor zali ham kurash ixlosmandlari uchun xizmat qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing