06 sen 12:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Qoshi yorilgan chempion kamarini o'zida saqlab qoldi
Bugun tongda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangida birinchi engil vazn toifasida WBO chempioni Jeymel Xerring davogar Jonatan Okendoga qarshi ringga ko'tarildi. Jang sakkizinchi raundda to'xtatildi.
Boisi, davogar chetlatildi. Xerring uchinchi raundda Okendoni nokdaun holatiga tushirib qo'ydi. Beshinchi raundda esa Jonanat Jeymelga bosh bilan zarba berib yubordi. Natijada chempionning qoshi yorilib ketdi. Sakkizinchi raundga kelib, Xerring ko'ra olmayotganini malum qildi. Referi esa Okendoni diskvalifikaciya qilib, g'alabani chempionga taqdim etdi.
Havola :
Fikrlar