06 jan 12:52
Yangiliklar

Qoyil! Humoyun Sultonov Australian Open turnirini g'alaba bilan boshladi
Quvonarlisi, hamyurtimiz Humoyun Sultonov Avstraliya Ochiq chempionatidagi ishtirokini g'alaba bilan boshlab oldi. Mamlakatning birinchi raketkasiga saralash bosqichining ilk davrasida kolumbiyalik Daniel Elaxi Galan raqiblik qildi.
Hozirgina yakuniga etgan va 2 soatu 39 daqiqa davom etgan uchrashuvda namanganlik 26 yoshli tennischimiz 28 yashar Galanni 6/3, 6/7(2), 7/5 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi. Ular o'rtasidagi ilk bahs 8 yil oldin, 2016 yili Italiyaning Lechcho shahrida o'tkazilgan ITF turniri doirasida tashkil etilgandi. O'shanda Sultonov 3/6, 7/6, 6/4 hisobida zafar quchgan edi.
Taqqoslash uchun, Humoyun Sultonov ayni paytda ATP reytingida 223, Galan esa 126-o'rinni band etib turibdi. Daniel ham o'z yurti Kolumbiyaning birinchi raqamli tennischisi hisoblanadi. Galan saralash turnirida 20-raqam ostida tasniflangan edi.
Fikrlar