28 may 07:28
Yangiliklar
Stol tennisi

Qozog'iston 2027 yilgi Jahon chempionati mezbonligini qo'lga kiritdi
Kecha Qatarda xalqaro stol tennisi federaciyasining (ITTF) navbatdagi Bosh assambleyasi bo'lib o'tdi.
Tadbir davomida bo'lajak nufuzli musobaqalar mezbonlari ham aniqlab olindi. Jumladan, 2027 yilgi dunyo birinchiligini o'tkazish qo'shni Qozog'istonga ishonib topshirildi. Ovoz berish jarayonida Qozog'istonning Astana shahri Franciya va AQSHni ortda qoldirdi.
SHunday qilib, tarixda ilk bor stol tennisi bo'yicha Jahon chempionati Qozog'istonda o'tkaziladigan bo'ldi.
Stol tennisi bo'yicha bo'lajak Jahon chempionatlari taqvimi:
2027 — Astana, Qozog'iston
2028 — Fukuoka, Yaponiya
2029 — Rio-de-Janeyro, Braziliya.
Havola :
Manba : t.me/sportilinet
Fikrlar