19 sen 22:09
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/86563_220.jpg)
Qozog'iston 6, O'zbekiston 5, Rossiya, Kuba va boshqalar. JCH yarim finalida qaysi mamlakat bokschilari qatnashishadi?
Ekaterinburg shahrida boks bo'yicha jahon chempionati o'zining eng qizg'in pallasiga kirib ulgurgan.
Yaxshi bilasiz, O'zbekiston terma jamoasi 5 nafar bokschi bilan jahon chempionati yarim finaliga etib keldi. Hamyurtlarimiz bu borada ikkinchi ko'rsatkichni qayd etishdi. Final ostonasida eng ko'p Qozog'iston terma jamoasi azolari jang qilishadi - 6 ta. Mezbon Rossiya sharafini esa 4 nafar bokschi yarim finalda himoya qiladi. Kuba va Angliyadan 3 nafardan charm qo'lqop ustasi finalga chiqishga urinib ko'radi.
Qozog'iston - 6
O'zbekiston - 5
Rossiya - 4
Kuba, Angliya - 3
Hindiston - 2
Armaniston, Avstraliya, Braziliya, Bolgariya, Ekvador, Franciya, Mo'g'uliston, Filippin, AQSH - 1.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
Ман Кулахметга болеть қивотгандим, бечара нокдаун бўлди, 5:0 га ютқазди