06 sen 18:37
Yangiliklar
Sport kurashlari
Qozog'iston ayollar kurashi terma jamoasining yig'ini boshlanadi
Sekin-asta sport kurashlari bo'yicha Qozog'iston terma jamoalari karantindan keyingi to'laqonli o'quv-mashg'ulot yig'inlariga qaytmoqda.
Jumladan, mamlakat ayollar kurashi terma jamoasi SHuchinskda yig'iladi va ikki haftalik mashg'ulotlarga kirishadi.
"Biz 15 sentyabrdan yig'inni boshlaymiz. SHHuchinskdagi o'quv-mashg'ulot yig'inda 30 nafar kurashchi qatnashadi. Hozircha yakuniy tarkibni aniqlab olganimiz yo'q. Lekin asosiy urg'uni terma jamoaning birinchi raqamli kurashchilariga qaratamiz. Taqvimdan bir nechta musobaqalar joy olgan. Xususan, "Polsha Open" hamda yil so'nggida o'tkaziladigan jahon chempionati. Lekin bir narsani unutmaslik kerak, hali bu ikki musobaqaning o'tkazilishi rasman tasdiqlanmagan. Har qanday holatda ham yig'in biz uchun juda ham kerak", - dedi terma jamoa bosh murabbiyi Nurlan Amankosov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar