So’nggi yangiliklar

08:35Мане, Кулибали, Гуйе, Менди, Мбайе — Сенегал терма жамоасининг Африка Кубоги учун таркиби маълум 0 08:14Деонтей Уайлдер: "Қанча кўп мағлубиятга учрасанг, жанг учун шунча кўп танловинг бўлади" 0 07:53Ўзбекистон чемпионатининг иккинчи куни ҳам 5 та вазнда ғолиблар аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 07:32Хабиб Конор Макгрегорга мурожаат қилди 0 07:11Арда Гюлерга даъвогарлар сони устага етди 0 22:15Ўзбекистон IBA Жаҳон чемпионатидаги иштирокини тугатди. Якуний натижалар қандай бўлди? 1 21:58Арман Маханов иштирокидаги финал жанги 2-раундда тўхтатилди 0 21:43Тўрабек Ҳабибуллаев ҳам Жаҳон чемпионатини иккинчи ўринда якунлади 0 21:06Жавоҳир Умматалиев - ЖЧ кумуш медали соҳиби! 0 20:09Асадхўжа Мўйдинхўжаев - Жаҳон чемпиони! 0 19:33Абдумалик Халоков яна бир Жаҳон чемпионатини совриндор сифатида якунлади 1 18:36Ҳасанбой Дўсматов энди икки карра Жаҳон чемпиони! 0 17:51Генри Сехудо UFC’дан кетганидан кейинги режаларини ошкор қилди 0 17:30Уайлдер: "Пол — Жошуа? Мен бундай жангларга кўргазмали тўқнашув сифатида қарайман" 0 17:09ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади? 0

31 iyu 14:39
Yangiliklar

Tokio-2020

Qozog'iston bayroqdori Olimpiadadan so'ng faoliyatini yakunlaydi

Qozog'iston sporti malikasi, engil atletikachi Olga Ripakova Tokiodagi muvaffaqiyatsiz ishtirokidan keyin sportchilik karerasini yakunlaydi.

Bu haqda Sports.kz sayti xabar berdi. Tokio Olimpiya O'yinlarining ochilish marosimida Qozog'iston bayroqdori sifatida ishtirok etgan atlet Olga Ripakova marosimdagi ko'rinishi sababli ko'pchilikning etiboriga tushgan edi. Engil atletikaning uch hatlab sakrash yo'nalishi bo'yicha o'zining to'rtinchi Olimpiadasida qatnashgan Ripakova afsuski, bu safar omadsizlikka uchradi.

Olga birinchi urinishda 13,66, ikkinchisida - 13,69 natija qayd etdi, lekin uchinchi urinishda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Olga uchta urinishdan so'ng kuchli 12 talikka kira olmadi va tabiiyki, final yo'llanmasidan quruq qoldi. SHundan so'ng sportchi faoliyatini yakunlashini elon qildi.

Etibor bering, Ripakovada uch hatlab sakrash bo'yicha Olimpiadaning barcha medallari bor: 2008 yilgi Olimpiadada kumush, 2012 yilgi Olimpiya o'yinlarida oltin va 2016 yilgi Rio Olimpidasida bronza. SHuningdek, u Osiyo o'yinlarida 4 ta oltin medalni qo'lga kiritgan.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
31 iyu 15:50:58
Bekh0098
Olamsport.kz deb o'zgartirib olsanglar bo'larkan. O'zimizi ishtirokchilar haqida ham yangiliklar beringlar. Sanjar Tursunov, Bobousmon Boturov dan ham intervyu olinglar Tokio sayohati tasurotlari ko'pdir ularda.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing