25 apr 09:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Qozog'iston boks federaciyasi AIBAdan chiqarib yuborilishi mumkin
Butunjahon havaskor bokschilar federaciyasi (AIBA) Qozog'iston boks federaciyasini tashkilot azoligidan chiqarib yuborishi mumkin.
Qozog'iston boks federaciyasini tekshirish uchun Jorjio Brunoli, Pet Fiakko va Terri Smitdan iborat komissiya Osiyo chempionatiga yuborilgan.
Qo'shnilarimizni chetlatishga sabab sifatida Osiyo boks federaciyasi (ASBC)ga sobiq ASBC prezidenti Serik Konakbaev arxiv hujjatlarni va moliyaviy kirim-chiqimlarni berishdan bosh tortayotgani sabab bo'lgan.
SHuningdek, AIBA Qozog'iston boks federaciyasi ijrochi direktori Bekjan Bektenov bo'yicha ham surishturuv o'tkazmoqchi. U boshqa federaciyalar bilan birgalikda Olimpiya o'yinlariga licenziya beruvchi turnir tashkillashtirishga harakat qilgan. Komissiya uni AIBA ijroqo'mi azoligidan chiqarib tashlash tavsiyasini bergan.
Havola :
Fikrlar