05 avg 11:35
Yangiliklar
Tokio-2020
Qozog'iston boks terma jamoasi Tokio Olimpiadasini 2 ta medal bilan yakunladi
Qozozg'iston bokschilari Tokio Olimpiadasida finalgacha etib bormadi.
Olimpiya O'yinlari boshlanishidan avval o'zimizga asosiy raqib sifatida ko'rganimiz Qozog'iston bokschilarining Tokiodagi sarguzashtlari finalsiz yakunlandi. -63 kgda harakatlangan Zakir Safiullin chorak finalda avstraliyalik Garri Garsayd to'sig'idan o'ta olmadi va medalsiz qoldi. -52 kga vazn tofasida Qozog'iston sharafini himoya qilgan Saken Bibosinov yarim finalda Buyuk Britaniya vakili Galal Yafayuga mag'lub bo'lib bronza medali bilan kifoyalandi. 91 kg vazn toifasidagi Kamshibek Konkabaev ham yarim finalda yurishini to'xtatdi. Unga bu jangda AQSH bokschisi Richard Torres raqiblik qildi. SHu tariqa, qo'shnimiz Olimpiadani ikkita bronza medali bilan yakunladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar