10 avg 14:59
Yangiliklar
Tokio-2020
Qozog'iston prezidenti mamlakat sportchilarining Tokiodagi ishtirokiga baho berdi
Qozog'iston respublikasi rahbari Kasim-Jomart Tokaev mamlakat sportchilarining Tokiodagi ishtirokiga o'z bahosini berdi.
"Tokioda bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlarida Qozog'istondan 93 sportchi qatnashdi. G'alaba irodasi va mahorat ko'rsatgan sportchilarga minnatdorchilik bildiraman. Olimpiadaning bronza medal sovrindorlarini tabriklayman, bu ularning uzoq yillik mashaqqatli mashg'ulotlarining mevasi. Biroq, sakkizta bronza medali va umumjamoa hisobida 83 o'rin, bu Qozog'istonning sport salohiyatiga va davlatning sportni rivojlantirishga qo'shayotgan katta mablag'iga to'g'ri kelmaydigan natija bo'ldi. Biz Tokio Olimpiadasidan saboq olishimiz va Parijdagi navbatdagi o'yinlarda odamlarning umidlarini oqlaydigan natijalarga erishishimiz kerak",-deb fikr bildirgan Qozog'istonning birinchi raqamli shahsi.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar