18 noy 08:30
Yangiliklar
Futbol
Qozog'iston yana bitta o'yinda g'alaba qozonsa Evro-2024ga chiqadi
Qozog'iston terma jamoasi Evro-2024ga chiqish uchun asosiy raqibi ustidan g'alaba qozonishi kerak.
Guruhda 9-turdan so'ng Daniya 22 ochko to'plab, Evropa chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritib ulgurdi.
Endi 20 noyabr kuni Qozog'iston safarda 2-o'rindagi Sloveniyaga qarshi o'ynaydi.
Hozirda Sloveniya 19, Qozog'iston esa 18 ochkoga ega. Qo'shnilarimiz ushbu safar o'yinda g'alaba qozonsalar, Evro-2024 turniriga yo'llanmani qo'lga kiritishadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar