21 sen 17:17
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				 
				
			 
				Qozog'istonlik Ali Axmedov Bektemir Meliqo'zievning sobiq raqibi bilan jang qildi
Irlandiyaning Dublin shahrida navbatdagi professional boks oqshomi tashkil etildi.
			Unda ikkinchi o'rta vazn toifasidagi qozog'istonlik charm-qo'lqop ustasi Ali Ahmedov ham ringga ko'tarildi. Ahmedovga musobaqa doirasida franciyalik Per Dibombe raqiblik qildi.
10 raund etib belgilangan jang to'liq davom etdi. Jangning sakkizinchi raundida Dibombe raqibini nokdaun holatiga ham tushirdi. Ammo yakunda Ali Ahmedov hakamlar qaroriga ko'ra jangda g'olib deb topildi.
Bu 29 yoshli qozog'istonlik sportchi uchun faoliyatidagi 23-jangida qo'lga kiritgan 22-g'alabasi bo'ldi.
32 yoshli Dibombe esa 25-jangida ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. U ilk mag'lubiyatini hamyurtimiz Bektemir Meliqo'ziev bilan jangda tan olgan edi.
            Havola            :         
                    Manba                : sportilinet
             
			
Fikrlar