16 mar 11:10
Yangiliklar

Qozog'istonlik aralash yakkakurash ustasi UFC ligasida debyut qildi + FOTO
Qozog'istonlik aralash yakkakurash ustasi kecha tarozidan o'tish marosimida yarimog'ir vazn toifasi uchun belgilangan vazn meyorini bajara olmagandi. Nurgojay 2 kilogramm ortiqcha vazn ko'rsatgandi.
Afsuski, Diyar gonorarining malum bir qismini raqibiga berish barobarida UFC promoushenidagi debyutida muddatidan oldin mag'lub ham bo'ldi. Braziliyalik Brendson Ribeyro asosiy karddan o'rin olgan jangning ikkinchi raundida Nurjogayni og'ritish usuli bilan taslim etdi.
Bugungi mag'lubiyatiga qadar Diyar Nurgojay MMAda 11 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongandi. O'tkazgan janglarining 10 tasida raqiblarini muddatidan avval mag'lubiyatga uchrata olgan edi. UFC`dagi ilk jangidayoq o'zi muddatidan oldin yutqazib qo'ydi.
Fikrlar