08 noy 12:37
Yangiliklar
Qozog'istonlik bokschi Osiyo chempionatida mag'lub bo'lganidan keyin bayonot bilan chiqdi
Qozog'istonlik bokschi Rimma Volosenko Amman (Iordaniya)da davom etayotgan Osiyo chempionatining chorak finaldagi bahsli mag'lubiyati yuzasidan bayonot berdi.
Bokschining fikricha, bahsli deb atalayotgan jang videosi
"Men oilamga va shaxsiy murabbiyimga natijaga qaramay, doim yonimda turgani uchun, hamisha menga ishonganlari uchun rahmat aytaman. Murabbiylar shtabim, qo'llab-quvvatlab, tashvishga tushgan qizlardan minnatdorman. Sizlardan minnatdorman, aziz qozog'istonliklar, vaqt farqiga qaramay, jangni tomosha qildingiz va ko'plab qo'llab-quvvatlovchi so'zlarni yubordingiz!
Bu men uchun juda qadrli! Haqiqatan ham, har bir qiyinchilikdan keyin engillik keladi", - deb yozgan Volosenko o'z Instagram sahifasida.
Volosenko 60 kg vaznda chorak final doirasida mo'g'ulistonlik Nomin-Erden Tugsjargal bilan jang qilib, 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Qizig'i, Tugsjargal jang davomida ikki bor nokdaun holatiga tushgan. Bundan tashqari, referi jang davomida ikkala bokschidan ham bir ochko jarima olgan.
Fikrlar