So’nggi yangiliklar

13:57Дакар-2026 ёшлар Олимпиадасида бугун бир спортчимизга мухлислик қиламиз 0 13:26Ислам Махачев фаолиятини якунлаши ҳақида: "Онамга қулоқ соламан" 0 12:45"Манчестер Юнайтед"нинг 16 ёшли тарбияланувчиси "Реал"га ўтишга яқин турибди 0 12:14Тедди Ринер Ўзбекистонга келади 0 11:43Махачев UFC'даги учинчи чемпионлик ҳақида: "Бунинг учун Ўзбекистонда қолиб бир ой ош ейишим керак" 0 11:12Бугун Акбар Жўраев Жаҳон чемпионатида медаль учун курашади 0 10:51Жезуш Роналдунинг Португалия терма жамоасидаги фаолиятини якунлаш қарорига муносабат билдирди 0 10:09Тошкентда самбо бўйича 50-жаҳон чемпионати бошланди 0 22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0

22 apr 16:00
Yangiliklar

Stol tennisi

Rimma Gufranova: Federaciya pandemiya vaqtida barcha sharoitlarni yaratib bermoqda

Teglar :  Rimma Gufranova
Mamlakatimizda karantin holati elon qilingan kunga ham bir oydan oshdi.

Ko'plab qiyinchiliklarni boshidan kechirgan xalqimiz, koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelayotgan muammolarni bir tanu bir jon bo'lib engib o'tmoqda.

Hozirgi kunda, barchamiz o'z oila azolarimiz yonida, uyda vaqtimizni o'tkazmoqdamiz. Kimdir masofaviy tarzda ish olib borayotgan bo'lsa, kimdir tomorqasida mehnat qilmoqda, yana kimdir jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishni kanda qilmayapti.

Ana shunday yurtdoshlarimizdan biri bu Rimma Gufranovadir. U stol tennis bo'yicha mamlakatimiz terma jamoasining eng ishonchli tennischilaridan. Garchi dunyoda stol tennisi musobaqalari nomalum muddatga qoldirilgan bo'lsada, u jismoniy tarbiya va sport bilan murabbiylari bergan ko'rsatmalarga rioya qilib, mashg'ulotlarni davom ettirmoqda.

Stol tennischimiz kun davomida olib borayotgan mashg'ulotlari, federaciya tomonidan yaratib berilgan sharoitlar haqida quyidagilarni so'zlab berdi.

– O'zbekiston stol tennis federaciyasi yurtimizda koronavirus pandemiyasi sabab elon qilingan karantin davrida, biz sportchilarga o'z uyimizda jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishimiz uchun barcha imkoniyatlarni yaratib bermoqda. Kun davomida jismoniy holatni bir maromda ushlab turuvchi mashqlarni bajarmoqdaman. Federaciyamiz shifokori ikki mahal salomatligim bo'yicha malumot olmoqda.

SHuningdek, mashg'ulotlardan bo'sh vaqtimni mazmunli o'tkazish maqsadida badiiy kitoblar o'qimoqdaman, onlayn tarzda ingliz tilini o'rganishni boshladim va har bir qizlar kabi uy ishlariga qarashmoqdaman.

Karantin vaqtida stol tennisiga oid yangi qoidalar va mahoratni oshiruvchi videoroliklarni internet orqali kuzatib bormoqdaman. Eng muhimi, biz sportchilarni zerikishimizni va ruhiy holatimizni ko'rsatish maqsadida federaciyamiz tomonidan o'tkazilayotgan chellenjlarda muntazam ishtirok etmoqdaman. Umuman olganda, har bir kuni o'z uyimda mazmunli o'tmoqda.

Fursatdan foydalanib, xalqimizga bu sinovli kunlarni birgalikda engib o'tishimiz kerakligi va uyda karantin qoidalariga amal qilgan holda o'z vaqtimizni mazmunli o'tkazishimiz kerakligini aytib o'tmoqchiman.


O'zbekiston stol tennisi federaciyasi matbuot xizmati

Reyting: -1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing