31 jan 16:07
Yangiliklar
Tennis
Qozog'istonlik Elena Ribakina - Australian Open g'olibasi!
Melburn shahrida tennis bo'yicha yilning ilk "Katta Dubulg'a" turniri - "Australian Open" musobaqasida ayollar o'rtasidagi bellashuvlar o'z yakuniga etdi.
Turnirning final uchrashuvida dunyoning birinchi raketkasi, Belarus vakilasi Arina Sobolenko hamda beshinchi raketka, qozog'istonlik Elena Ribakina o'zaro to'qnash keldi.
2 soat 19 daqiqa davom etgan o'yinda Elena Ribakina 6:4, 4:6, 6:4 hisoblarida g'alaba qozondi va faoliyatida ilk marotaba Avstraliya Ochiq chempionati g'olibasiga aylandi.
Qozog'istonlik tennischi mazkur g'oliblik orqali 2000 reyting ochkosi va 2 million 900 ming AQSH dollariga yaqin pul ishlab oldi.









Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar