27 iyu 16:57
Yangiliklar
Og'ir atletika
Qozog'istonlik sobiq jahon chempioni o'z joniga qasd qildi
Og'ir atletika bo'yicha Qozog'iston vakili Vladimir Sedov o'z joniga qasd qildi.
Vladimir Sedov to'rt karra Qozog'iston chempioni, 2009 yilgi Jahon chempionatining oltin medali sohibi, Osiyo chempionatida 2009 hamda 2016 yillarda birinchilikni qo'lga kiritgan edi.
"Zakon.Kz" nashrining xabar berishicha, Pekin-2008 Olimpiadasi ishtirokchisi bo'lmish Vladimir Sedov 35 yoshida vafot etdi.
Og'ir atletikachaning jasadi Qoratol tumani "Do'stiq" qishlog'idagi yashash joyidan topilgan. Hozirda tegishli modda bo'yicha dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Malumot uchun, sportchining doping natijasi salbiy chiqishi oqibatida, 2019 yilda uning 2008-2016 yillardagi barcha unvonlari bekor qilingan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar