18 jan 13:45
        Yangiliklar	
	
				
				    Tennis			    
				
				
			
				Qozog'istonlik tennischi Australian Open 1/8 finalida o'ynaydi
Avstraliyaning Melburn shahrida tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda. 
			Australian Open musobaqasining ayollar o'rtasidagi bahslarida nimchorak final ishtirokchilari aniqlanmoqda. Dunyoning ettinchi raketkasi Elena Ribakina uchinchi davrada WTA reytingining 33-pog'onasida borayotgan ukrainalik Dayana Yastremskayani mag'lubiyatga uchratdi — 6:3, 6:4.
Sakson to'rt daqiqa davom etgan bahsda qozog'istonlik tennis malikasi 2, ukrainalik esa 5 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Elenaning 1/8 finaldagi raqibasi birozdan so'ng ikki amerikalik tennischilar — Daniel Kollinz va Medison Kiz o'rtasidagi uchrashuvda aniqlanadi.

            Havola            :         
                    Manba                : championat.com
            
			
Fikrlar