02 sen 20:02
Yangiliklar

Qozon-2021: O'zbekistonlik 3 bokschi yarim finalga yo'l oldi
Tatariston Respublikasining Qozon shahrida bo'lib o'tayotgan Birinchi MDH o'yinlarining boks bellashuvlarida o'zbekistonlik bokschilar Javohir Kuysinov (48 kg), Sayat Ilyasov (50 kg), Farruh To'laganov (54 kg) chorak finalda raqiblarini mag'lub etishdi.
Javohir Kuysinov armanistonlik raqibi D.Safaryanni 5:0 hisobida mag'lub etdi.
Sayat Ilyasov armanistonlik raqibi K.CHapayanni 5:0 hisobida engdi.
Farruh To'laganov Ozarboyjon vakili M. Gasimzade ustidan 3:2 hisobida g'alaba qozondi.
52 kg vazn toifasida Mehroj Istamtoshev armanistonlik raqibi A.Xachataryanga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Boks bellashuvlari davom etmoqda. O'zbekistonning yana 5 vakili ringga chiqishi kutilmoqda. Natijalar bo'yicha qo'shimcha malumot beriladi.
Fikrlar