23 avg 07:35
Yangiliklar

Qozondagi markaziy jang nokaut bilan yakunlandi
Oqshomning markaziy jangi birinchi og'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda WBC chempionlik kamari uchun rasmiy davogar aniqlandi. Ushbu imkoniyatni qo'lga kiritish uchun ikki rossiyalik bokschilar - Aleksey Papin va Ruslan Fayfer o'zaro jangda ringga ko'tarilishdi.
O'n ikki raundga mo'ljallangan jang oltinchi raundda yakunlandi. O'rtacha tezlikda o'tgan jangning teng yarmiga kelganda Papin raqibini texnik nokautga uchratdi. Referi ketma-ket kuchli zarbalarni o'tkazib yuborgan Fayferning holati jiddiylashib ketmasligi uchun jangni to'xtatishga majbur bo'ldi.
Endi Aleksey Papin WBC chempionlik kamari uchun Ilunga Makabuga qarshi ringga chiqadi. Bu Papin uchun revansh jangi bo'ladi. O'zaro jangda Makabu Papinni mag'lubiyatga uchratgan edi. Kechagi oqshomning anderkard jangida 24 yoshli Xariton Agrba hakamlarning bir ovozdan bergan g'alabasi evaziga Soslan Tedeevni taslim etdi.
Fikrlar