20 iyu 09:32
Yangiliklar

Qozoq tennischisi dunyoning birinchi raketkasini yutib qo'ydi
Kutilmaganda dunyoning birinchi raketkasi Yannik Sinner ikkinchi davrada qozog'istonlik tennischiga yutqazib qo'ydi. Aleksandr Bublik italiyalik nomdor raqibini 3/6, 6/3, 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratib, yakuniga etib borayotgan haftaning asosiy shov-shuvi sababchisiga aylandi.
Taqqoslash uchun, bir paytlar Osiyo o'yinlarida Denis Istominga yutqazgan Bublik ayni paytda ATP reytingida 45-o'rinni egallab turibdi. Qozog'istonlik tennischi faoliyatida ikkinchi bor Sinnerdan ustun keldi - 2:4.
Qizig'i, Bublik Yannikni ilk bor 2023 yilda aynan Galle turnirida yutgan ekan. Ikki soatu 3 daqiqa davom etgan kechagi bahsda Aleksandr 15, Yannik 6 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxato va breyklar mos ravishda 6 ga 3 va 2 ga 1 ko'rinishida Bublik foydasiga hal bo'ldi. Endi u chorak finalda chexiyalik Tomash Maxachga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar