24 iyu 08:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Qudratillo Abduqahharov SHohjahon Ergashevning boks oqshomi haqida: Men bo'lganimda uzr so'ragan bo'lardim
Prof bokschimiz Qudratillo Abduqahharov yaqinda Toshkentda jang o'tkazgan SHohjahon Ergashevning boks oqshomi haqidagi SHohjahon Ergashev o'sha kecha uchun muxlislardan uzr so'rashi kerakmi? mazmunidagi savolimizga javob berdi.
Unga ko'ra, Abduqahhorov Ergashevning o'rnida bo'lganida bunday shou o'tkazmagan bo'lardi:
"Odamni o'ziga bog'liq. Men bo'lganimda uzr so'ragan bo'lardim. Men bo'lganimda bunday shou qilmagan bo'lardim. O'zingizga munosib raqib bilan chiqib, yaxshi urushishingiz kerakda. Muxlislar chipta sotib olib jang ko'rgani kelgan. O'zingizga mos raqib bilan ringga chiqib, mazza qilib urushib, yutqazsangiz ham bunaqa jangdan undan ko'ra katta obro' bo'ladi-da", - dedi Qudratillo.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar