08 okt 09:34
Yangiliklar
Boks/MMA
Qudratillo Abduqahhorov Avstraliyada kamar uchun jang qiladi
O'zbekistonlik professional bokschi Qudratillo Abduqahhorovning navbatdagi jangi tafsilotlari malum.
33 yashar hamyurtimiz 7 noyabr kuni Avstraliyaning Kuinslend shahrida tashkil etiladigan prof boks oqshomida ringga ko'tariladi.
O'sha kuni Abduqahhorovga mezbon yurt vakili Dilan Biggs raqib bo'ladi. O'rta vazn toifasidagi 10 raundlik bellashuv WBC Australasia kamari uchun kechadi.
Malumot uchun, Qudratillo Abduqahhorov faoliyati davomida hozirgacha 29 ta jang o'tkazib, 22 ta g'alaba va 7 ta mag'lubiyat qayd etgan. 24 yashar Dilan Biggs hisobida esa 19 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat bor.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar