31 mar 19:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Qudratillo Abduqahhorov g'alabadan so'ng nimalar dedi?
Bugun Filadelfiyada yaponiyalik Keyta Obarani mag'lubiyatga uchratgan bokschimiz Qudratillo Abduqahhorov ushbu g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"To'g'risini aytsam, bugungi jang men juda qiyin kechdi. Bahs to'liq 12 raund davom etdi. Jang o'tkazmaganimga ham deyarli bir yil bo'lgandi. SHu holat ham o'z tasirini ko'rsatdi, shekilli. Ammo, asosiysi g'alaba va Xudoga shukrki, jangni o'z foydamga hal qildim. Endi oldinda turgan janglarga yanada jiddiy tayyorgarlik ko'rishim lozim", - dedi Qudratillo Olamsport.com saytiga bergan qisqa intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Qudratillo Abduqahhorov ushbu jangda Keyta Obarani ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgandi. Endi u IBF chempionlik kamari uchun rasmiy davogarga aylandi. Ayni paytda ushbu kamar amerikalik Errol Spensga tegishli.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar