03 apr 15:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Qudratillo Abduqahhorov IBF reytingida birinchi o'ringa ko'tarildi
Xalqaro boks federaciyasi (IBF) aprel oyi uchun bokschilarning yangilangan reytingini elon qildi.
Unga ko'ra, yarimo'rta vazn toifasida (-66,67 kg) hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov birinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Mart oyida bokschimiz to'rtinchi o'rinda qayd etilgandi. Eslatib o'tamiz, u 31 mart kuni yaponiyalik Keyta Obarani ochkolar hisobiga mag'lub etgandi.
Ushbu yo'nalishda shuningdek birinchi yarimo'rta vazn toifasida (-63, 50 kg) SHohjahon Ergashev o'tgan oydagi kabi ettinchi o'rinda qoldi.
Mazkur yo'nalishda boshqa bokschilarimizning ism-sharifi qayd etilmagan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar