21 fev 13:13
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/29048_220.jpg)
Qudratillo Abduqahhorov jang o'tkazish uchun Malayziyaga jo'nab ketdi
WBC yo'nalishi bo'yicha dunyo reytingida oltinchi o'rinni egallab turgan hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov navbatdagi jangini Malayziyada o'tkazishidan xabaringiz bor.
Bokschimiz professional faoliyatidagi 14-jangini o'tkazish uchun Malayziyaga jo'nab ketdi.
Eslatib o'tamiz, Qudratillo navbatdagi jangini 17 mart kuni vengriyalik Laslo Totga qarshi o'tkazadi.
Malumot uchun, Qudratillo ayni paytda WBC reytingida 6, WBA da 6, IBF da 7, vRinge reytingida esa 10-o'rinni egallab turibdi.
Tot esa IBF reytingida 15-pog'onani band etgan. Qolgan yo'nalishlar bo'yicha reytingda kuchli 15likda uning nomi qayd etilmagan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar