24 fev 16:40
Yangiliklar

Qudratillo Abduqahhorovning navbatdagi jangi tasdiqlandi, u kamar uchun ringga ko'tariladi
Unga ko'ra, Abduqahhorov shu yilning 16 may kuni AQSHda rossiyalik Sergey Lipenecga qarshi ringga ko'tariladi. Jang vaqtinchalik IBF chempionligi uchun o'tkaziladi.
Qayd etish lozimki, Abduqahhorov ayni paytda IBF kamari uchun majburiy davogar hisoblanadi. Biroq, chempion Errol Spens avtofalokat sabab janglarda ishtirok eta olmaydi. SHu sababli, mazkur jang reytingda uchinchi o'rinda turgan Lipenecga qarshi o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, Qudratillo shu kungacha prof boksda 17 ta jang o'tkazgan va ularning barchasida g'alaba qozongan (9ta nokaut). Lipenec ham Abduqahhorov kabi 17 marotaba ringga ko'tarilgan. Faqat u janglarining 16 tasida g'alaba qozongan (12ta nokaut). 1 ta jangda mag'lubiyatga uchragan. U yagona mag'lubiyatini amerikalik Mayki Garsiyadan qabul qilib olgan.
Fikrlar