22 iyu 14:47
Yangiliklar
Tennis
Queen's Club. Dunyoning oltinchi raketkasi 1/4 finalda
London shahrida tennis bo'yicha maysa qoplamali tennis turniri davom etmoqda.
Dunyoning oltinchi raketkasi Xolger Rune musobaqaning 1/4 final ishtirokchisiga aylandi. Daniyalik tennischi ikkinchi davrada ATP reytigida 265-pog'onadan joy olgan britaniyalik Rayan Penistonni 6/3, 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Rune o'zaro uchrashuvlardagi hisob muvozanatini tiklab oldi - 1:1. Sakson olti daqiqa davom etgan bahsda Rune 5, Peniston 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Endi u Queen's Club turnirining yarim final chiptasi uchun italiyalik Lorenco Muzettiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar