11 okt 08:04
Yangiliklar
Og'ir atletika
Qurbonmurod Namozov – mutlaq jahon chempioni!
Saudiya Arabistonining Jidda shahrida o'tkazilayotgan og'ir atletika bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatidan xushxabar.
Hamyurtimiz Qurbonmurod Namozov (-96 kg) mutlaq jahon chempionligini qo'lga kiritdi.
Polvonimiz barcha mashqlarda raqiblarini katta farq bilan ortda qoldirib, uchala yo'nalishda chempionlikka sazovor bo'ldi. Namozov dast ko'tarishda 153 kg, siltab ko'tarish dasturida 189 kg va ikki kurash bo'yicha 342 kg natija qayd etdi.
Og'ir atletika bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi JCH.
Yigitlar, -96 kg:
1. Qurbonmurod Namozov (O'zbekiston) – 342 kg (153 kg + 189 kg)
2. Gurami Vekua (Gruziya) – 328 kg (148 kg + 180 kg)
3. Muhammad Burun (Turkiya) – 326 kg (147 kg + 179 kg).
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar