So’nggi yangiliklar

19:05Эртага 9 нафар боксчимиз Хитойдаги жаҳон кубогида жанг қилади 0 18:35Конор Макгрегор: "UFC'да қолишимга умид қиламан" 0 17:24Беҳруз Каримов Луис Диасни зарарсизлантириш, узоқ масофадан зарба ва бошқа масалалар ҳақида 0 16:48Перейра Ган билан жанг учун апелляция беришдан воз кечди. У реванш истамоқда 0 15:21"Шара Буллет ҳеч қачон UFC чемпиони бўлмайди" - Царукян 0 14:39Алекс Перейра навбатдаги жангини қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0 13:13Колумбия бош мураббийи Ўзбекистонга қарши учрашувдан сўнг нималар деди? 0 12:36UFC 330 турнири учун иккинчи чемпионлик жанги эълон қилинди 0 11:17Жаҳон кубоги. Феруза Казакова Хитойдаги юришини муваффақиятли бошлади 0 10:44Алекс Перейра оғир вазнда қоладими? Унинг ўзи жавоб берди 0 10:16Фабио Каннаваро: "Хатолар бўлди, улар устида ишлаймиз" 0 09:02ЖЧ-2026. Колумбияга қарши тарихий ўйинда имкониятни бой бердик 0 07:33P4P UFC рейтинги янгиланди: Рўйхатда икки янги ном 0 06:56Каннаваронинг Колумбияга қарши жангчилари: Диасга қарши 18 ёшли Каримов ва марказдаги универсаллик 0 06:31Топуриянинг техник нокаутдан кейинги айтган илк сўзлари маълум бўлди 0

05 mar 13:48
Yangiliklar

Boks/MMA

Rafael dos Anos Islam Maxachevdan norozi

Teglar :  Rafael dos Anos
Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Rafael dos Anos UFC prezidenti Dana Uaytning gaplariga munosabat bildirdi.

Avvalroq Uayt Islam Maxachev koronavirusga chalingan Rafael Fizievning o'rniga dos Anos bilan jang qilmoqchi ekanligini, ammo keyinchalik Maxachev jangni rad etganligini aytgandi.

“Haqiqat har doim yuzaga chiqadi!”, — deb yozadi Anos tvitterida UFC prezidentining so'zlaridan iqtibos keltirib.  

Ag Fight nashriga bergan intervyusida sobiq UFC chempioni Maxachev bilan o'z shartlariga ko'ra jang qilishga tayyorligini aytdi.

"Men bu yigitning ismini tilga olishni ham xohlamayman. Uning qilgan ishi haqiqatan ham hurmatsizlik edi. U internetda juda ko'p gapirdi. U yarim o'rta vaznda jang qilishga tayyorligini aytdi. Aslida, men allaqachon bu vaznda edim va uning shartlariga ko'ra jang qilishga rozi bo'ldim. Lekin, u qochib ketdi.  Endi u umuman gapirishga loyiq emas.

Islam yarim o'rta vaznda jang qilishni taklif qildi. Men esa shuning o'rtasini tanlagandim, lekin, yakunda 77 kilogrammga rozi bo'ldim. Ular javobni kechiktirishdi. Ertalab ular jangni qabul qilinganligini aytishdi. Men nonushtaga tayyor edim. Ammo bir soatdan so'ng ular rad javobini berishgani bildim va vazn haydashda davom etdim", - dedi Anos.

Eslatib o'tamiz, Rafael dos Anos va Renato Moykano o'rtasidagi jang Toshkent vaqti bilan 6 mart tongida Las-Vegasdagi UFC 272 turnirida bo'lib o'tadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing