02 mar 07:14
Yangiliklar

Rafael Dos Anosga raqib topildi. U Islam Maxachev emas + POSTER
Qirg'izistonlik Rafael Fizievning tahlilida kovid aniqlangani bois uzoq kutilgan jang barbod bo'lgandi. UFC rahbariyati qisqa muddatda Dos Anosga yangi raqib topib berdi. Endi Rafael 5 mart kuni Las-Vegas shahrida o'tkaziladigan UFC 272 turnirida yana bir braziliyalik jangchi Renato Moykanoga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Faqat braziliyaliklar o'rtasidagi jang 72.6 kg (160 funt) vazn toifasida o'tkaziladi. Sobiq yarim engil vazn jangchisi hisoblangan Moykano 2020 yilda engil vaznga o'tgan edi. U o'zi uchun yangi vaznda ikkita jang o'tkazdi va Jey Gerbert hamda Aleksandr Ernandesni muddatidan avval mag'lub etishni uddaladi.
Takidlash joiz, Fiziev safdan chiqqanidan so'ng "Ataman"ning o'rniga jang qilish istagini Islam Maxachev va Toni Fergyuson bildirgan edi.
Fikrlar