01 fev 08:35
Yangiliklar
Boks/MMA
Rafael Fiziev navbatdagi mag'lubiyatni qabul qilib oldi
Avstraliyada UFC 325 turniri davom etmoqda.
Turnirning asosiy kardidan o'rin olgan janglardan birida ozarbayjonlik Rafael Fiziev Braziliya vakili Maurisio Ruffiga qarshi oktagonga ko'tarildi.
3 raundlik jang ikkinchi raundda yakunlandi. U raund davomida zarbalar seriyasini uyushtirdi. Yakunda Fiziev aktiv himoyalana olmadi va referi jangni to'xtatib, texnik nokaut qayd etdi.
Malumot uchun, Fiziev engil vazn toifasi reytingida 9, Raffi esa 14-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar