13 mar 13:31
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				 
				
			 
				Rafael Fiziev vaznini o'zgartirishi mumkin
Engil vazn toifasidagi ozarbayjonlik UFC jangchisi Rafael Fiziev pastki vaznga o'tishini istisno qilmadi.
			"Vaznimni o'zgartirish haqida o'ylay boshladim, chunki oxirgi marta men juda oson vazn tashladim. Jangdan oldin butun hafta davomida dietologim vazn yig'ishimga harakat qildi, chunki men juda oson vazn yo'qotgandim. Men yarimengil vazndagi eng zo'rlari bilan jang qilmoqchiman, kuchli 10 talikdagi yigitlar juda qiziq. Agar men yarimengil vaznga o'tsam, ularda muammolar bo'ladi", dedi Fiziev.
Eslatib o'tamiz, Rafael Fiziev so'nggi jangini 9 mart kuni Jastin Getjiga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'lgandi.
            Havola            :         
                    Manba                : championat.com
             
			
Fikrlar