12 apr 14:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Rafael Fizievga o'z yurtida jang berildi
"Ataman" UFC`dagi jangini Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o'tkazadi.
Ozarbayjon sharafini himoya qilayotgan Rafael Fiziev 21 iyun kuni ilk bor Boku shahrida tashkil etiladigan UFC turnirida oktagonga chiqadi. Hozircha Fizievning raqibi oshkor qilinmayapti.
"21 iyun, Boku, Ozarbayjon. Raqs uchun raqib bor. O'sha erda ko'rishamiz", – deya o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qoldirgan "Ataman".
Malumot uchun, 32 yoshli Rafael Fiziev bir oy oldin bir yarim yillik tanaffusdan so'ng oktagonga qaytgan Jastin Getjiga ochkolar hisobiga ko'ra yutqazib qo'ygandi. Bu Fizievning ketma-ket uchinchi mag'lubiyat edi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar