25 fev 12:12
Yangiliklar
Futbol
Rahim Sterling yangi uyida bunker qurmoqchi
"CHelsi" yarim himoyachisi Rahim Sterling yangi uyiga bunker qurishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda The Sun.
Sterling qo'riqlash xizmatiga ega va himoyalangan telefon simlariga ega bunker qurmoqchi. 2022 yil dekabr oyida Sterling Qatardagi Jahon chempionatida ishtirok etayotgan payti futbolchining uyiga o'g'ri tushgandi.
O'sha vaqtda uyda futbolchining sevgilisi Peydj Milian va ikki nafar farzandi bo'lgan. Milian policiyaga qo'ng'iroq qilgan. Ammo o'g'rilar 350 ming evro turadigan soat va turli taqinchoqlarni olishga ulgurishgandi. Rahim Sterling Qatardan Buyuk Britaniyaga uchib borib, oilasini tinchlantirgan va yana terma jamoa ixtiyoriga qaytib borgandi.
Havola :
Fikrlar