So’nggi yangiliklar

19:19Муҳаммадқодир Тоштемиров Осиё чемпионати шоҳсупасида 0 18:48Майк Тайсон қачондан бери наша чекмаётганини айтди 0 18:27Расман! Роберт Левандовски "Барселона"ни тарк этади 0 18:06Каранонинг мураббийи: "Жина қўлларида эркаклардек уради, оёқларида эса отдек тепади" 0 17:45Менежер Ломаченконинг қайтиш режалари ҳақида гапирди 0 17:24MVP жангчилари тарозида: Роузи ва Карано хонимлар уддалади, Нганну рақибидан 16 кг оғир тош босди 0 17:03Корея ЖЧ-2026 учун қайдномасини эълон қилди 0 16:42"Кечаси аҳволи ёмонлашди". Царукян Чимаев UFC 328 олдидан қандай ҳолатда бўлганини айтди 0 16:21Конор Макгрегор 2026 йилда UFC’да энг кўп допинг-тест топширган жангчига айланди 0 16:00WBO Бивол — Айферт жанги ғолибига мажбурий даъвогар ким бўлишини маълум қилди 0 15:39"Аякс" "Барселона"нинг икки нафар дарвозабони билан шартнома имзолашга қизиқиш билдирмоқда 0 15:18Арман Царукян Илия Топуриянинг кучли жиҳатларини айтди 0 14:57Тош кўтарувчиларимиз Осиё чемпионатида 18 та медаль қўлга киритишди 0 14:36Жон Жонс фаолиятидаги энг қийин рақибларини айтди 0 14:15"Арсенал" товон пули 80 млн евролик футболчига жиддий қизиқиш билдирмоқда — The Sun 0

20 mar 07:39
Yangiliklar

Tennis

Rahimova Miami Open asosiy to'r ilk davrasida dunyoning 63-raketkasini osonlikcha mag'lub etdi

AQSHning Mayami shahrida WTA 1000 toifasiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 9 mln 415 ming 725 dollarni tashkil qiluvchi nufuzli turnir bo'lib o'tmoqda.

Musobaqaning saralash bahslari final uchrashuvida mamlakatimizning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova dunyoning 68-raketkasi, avstraliyalik 21 yoshli Talia Gibsonga 3/6, 4/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Qizig'i, vakilamiz saralash bahslarining "laki-luzer", yani omadsiz omadlisi sifatida asosiy to'rga qo'yildi. 

Bugun tong saharda Rahimova 1/64 final bosqich uchrashuvida argentinalik Solana Sierraga qarshi kortga chiqdi. Ellik sakkiz daqiqa davom etgan bahsda tennischimiz dunyoning 63-raketkasiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6/1, 6/3. Kamilla 1, Solana 3 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar Rahimovada ko'proq bo'ldi - 4 ga 3.     

Taqqoslash uchun, Kamilla Rahimova ayni paytda WTA reytingida 82, Sierra 63-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi - 2:0. SHu yilning 13 fevral kuni Dubayda o'tkazilgan turnirning saralash bahslarida ham Rahimova Solanani mag'lubiyatga uchratgan edi. 

Endi Kamilla Rahimova 1/32 finalda dunyoning 28-raketkasi, ukrainalik Marta Kostyukka qarshi kortga chiqadi. Marta to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi bosqichdan o'z ishtirokini boshlaydi. Bu uchrashuv bugun bizning vaqt bilan soat 01:00da boshlanadi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazadigan ikkinchi uchrashuvi bo'ladi. Bundan besh yil avval Istanbulda o'tgan turnirda Kostyuk Rahimovani 6/4, 6/3 hisobida taslim etgan edi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing