15 apr 11:24
Yangiliklar
Tennis
Rahimova Ruan turniridagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Franciyaning Ruan shahrida tennis bo'yicha WTA 250 toifasiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 283,347 dollarni tashkil etuvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Musobaqada mamlakatimizning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova ham o'z mahoratini namoyish etmoqda. Vakilamiz 1/16 finalda saralash bahslari orqali asosiy to'rga etib kelgan amerikalik Elvina Kalievani 6/3, 7/6(1) hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Taqqoslash uchun, Rahimova WTA reytingida 74, Kalieva 137-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Bir soatu 52 daqiqa davom etgan bahsda Kamilla 4, Elvina 5 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar Kalievada ko'proq bo'ldi - 7 ga 5.
Bugun Kamilla Rahimova 1/8 finalda dunyoning 36-raketkasi, AQSH vakilasi Ann Liga qarshi kortga chiqadi. Ushbu uchrashuv bizning vaqt bilan soat 16:00da boshlanadi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar