24 jan 18:03
Yangiliklar
Rahimova - sport fuqaroligini o'zgartirgani haqida: "Rad etib bo'lmaydigan foydali taklif edi"
— Aslida katta farqni his qilayotganim yo'q. Faqat, ehtimol, qo'llab-quvvatlash va etibor biroz oshgan. Esimda, menga bu borada Iroda Tulyaganova xabar yozgan edi, lekin bunga ancha bo'ldi. O'shanda men fuqarolikni o'zgartirish variantlarini ko'rib chiqmaganman. Vaqt o'tib, men bilan yana aloqaga chiqishdi. O'zbekistonda federaciya rahbariyati to'liq almashdi. Yangi inson keldi — prezident Botir Rahimov. Nazarimda, mening familiyam unga juda yoqqan! U "bizga juda kerak" degan qarorga keldi. SHundan keyin barcha tafsilotlarni muhokama qildik. Bizda sportchilik faoliyati faqat bitta bo'ladi va bundan maksimal foydalanib qolishni istaymiz. Bu rad etib bo'lmaydigan foydali taklif edi", — dedi Rahimova.
Fikrlar