01 iyu 13:49
Yangiliklar
Rahimova Uimbldon juftlik musobaqasida ham ishtirok etadi. Raqib malum!
Xabar berganimizdek, uch nafar tennischimizdan ikkisi Kamilla Rahimova va Mariya Timofeeva asosiy to'rning ilk davrasida raqibalarini mag'lub etishgandi. Polina Kudermetova esa dunyoning 41-raketkasi, rossiyalik Lyudmila Samsonovaga ikki setda ham bir xil hisobda imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashgan edi - 3/6, 3/6.
Etiborga molik jihati shundaki, Kamilla Rahimova Uimbldon turnirining juftliklar bahsida ham o'z omadini sinab ko'radi. O'zbekistonning birinchi raketkasi yaponiyalik Miyu Kato bilan juftlikda bahslarda ishtirok etadi.
Qura natijasiga ko'ra, Rahimova/Kato hamkorligi ilk davrada niderlandiyalik Demi SHurs hamda avstraliyalik Ellen Perez tandemiga qarshi kortga chiqadi. Ushbu uchrashuv bizning vaqt bilan ertaga, 2 iyul kuni soat 15:00da boshlanadi.

Fikrlar