21 mar 12:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Rahmatjon Ro'zioxunovga sog'liq tilaymiz
Boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi murabbiyi Rahmatjon Ro'zioxunov kichik jarrohlik amaliyotini o'tkazdi.
Ketma-ket musobaqalar, yig'inlar sabab Rahmatjon akaning yuragida biroz o'zgarish kuzatilgan. Ayni paytda murabbiyimizning salomatligi joyida va u muolajalarni "Ezgu niyat" klinikasida davom ettirmoqda.
Birinchi galda bokschilarimizning xalqaro maydondagi g'alabalariga munosib ulush qo'shib kelayotgan murabbiyimizga sihat-salomatlik tilaymiz. Tez orada sog'ayib, oila azolari bag'riga qaytishlarini Yaratgandan so'raymiz. Qolaversa, bugungi bayram muborak bo'lsin deymiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar