23 fev 12:24
Yangiliklar

Ramazon Temirov Isroil Madrimovning mag'lubiyatiga munosabat bildirdi
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida tashkil etilgan professional boks turniri doirasida charm qo'lqop ustamiz WBC Interim kamari sohibi amerikalik Virjil Ortisga qarshi ringga ko'tarildi. O'n ikki raund to'liq davom etgan jangda Ortis hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi.
"Bokschilarimiz orasida hurmat qiladigan insonlarimdan biri. Hech qachon raqib tanlamaydigan va o'z ustida mehnat qiladigan bokschi. Aka, siz o'zbek xalqi uchun chempionsiz! Juda chiroyli jang qildingiz", - deya Madrimovning jangiga munosabat bildirgan Temirov.
Eslatib o'tamiz, Ramazon Temirov 2 mart kuni tong saharda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida o'tkaziladigan UFC Vegas 103 turniri doiraisda o'ta engil vazn toifasi reytingida 15-o'rinni egallab turgan amerikalik CHarlz Jonson bilan to'qnash keladi.
Fikrlar