24 sen 15:46
Yangiliklar
Ramazon Temirov mashg'ulotlar paytida jarohat oldi. Biroq uning jangi o'z kuchida
Unga tashkilotdagi ilk jangida amerikalik Si Jey Vergara raqib bo'ladi.
Bugun tongda Temirov va uning murabbiyi Jasur Alijonov Amerika Qo'shma SHtatlariga uchib ketdi.
Biroq safardan bir kun oldin Ramazonning mashg'ulotlar paytida kichik jarohat olgani malum bo'ldi. SHunday bo'lsa-da, sportchi jangni bekor qilmaslik qaroriga keldi.
Malumot uchun, Temirov MMAdagi faoliyati davomida hozirgacha turli promoushenlarda 19 ta jang o'tkazib, 17 g'alaba va 2 mag'lubiyat qayd etgan. Si Jey Vergara esa 12 g'alaba, 5 mag'lubiyat va 1 durangga ega. Vergara so'nggi jangini shu yil mart oyida UFC 299 turniri doirasida qozog'istonlik Asu Almabaevga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'lgan edi.
Fikrlar