04 mar 14:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Ramazon Temirov: "Men Abu-Dabida jang qilishni xohlardim, chunki..."
O'zbekistonlik UFC jangchisi Ramazon Temirov keyingi janglarini qaysi shaharda o'tkazishni istashini aytdi.
"Meni muxlislarim juda ham ko'p. Jangimni borib ko'ruvchi insonlar, yaqinlarim ko'p. Abu-Dabida jang qilishni xohlardim. CHunki juda ham ko'p insonlar mening jangimni ko'rish uchun Abu-Dabiga borishgan bo'lardi. Umuman olganda, Qatar, Saudiya Arabistoni yoki BAA, farqi yo'q. O'zbekistonliklar viza olishi oson bo'lgan davlatlarda jang qilsam, ko'pchilik mening jangimni ko'rgani keladi", dedi Temirov.
Ramazon 2 mart tongida bo'lib o'tgan UFC Fight Night turniri doirasida amerikalik CHarlz Jonsonni mag'lub etib, o'ta engil vazn toifasidagi UFC reytingida 13-o'rindan joy oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar