19 sen 16:50
Yangiliklar
Boks/MMA
Ramazon Temirov Stiv Ercegga qarshi jangga tayyorlanish uchun qancha xarajat qilgandi?
O'ta engil vazn toifasida faoliyat olib borayotgan o'zbekistonlik UFC jangchisi Ramazon Temirov so'nggi jangini esladi.
Hamyurtimiz 25 iyul kuni Abu-Dabida bo'lib o'tgan UFC Fight Night turnirida avstraliyalik titul uchun sobiq davogar Stiv Ercegga qarshi jang qilib, birinchi raundda texnik nokaut bilan g'alaba qozongandi.
Ramazon Temirovning eslashicha, u birgina Stiv Erceg bilan jangning o'ziga munosib tayyorgarlik ko'rishi uchun 35 ming AQSH dollaridan ziyodroq mablag' sarflagan.
Temirovning keyingi jangi 24 oktyabr kuni yana Abu-Dabida bo'ladi. Bu safargi raqib angliyalik Loven Kavana.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar